

"Galatasaroy" futbolchisi milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi.
"Bir qarorga kelganimdan so'ng, Lyov uni qabul qildi. U o'yinim va terma jamoadagi ajoyib yillar uchun minnatdorchilik bildirdi. Biz birgalikda ko'p narsalarni boshdan o'tkazdik. Biz yana o'sha paytlarni esladik va mening qarorimni muhokama qilganimiz yo'q" - deydi Podolski.
Podolski 2004 yilda Germaniya terma jamoasida debyut qilgan. U milliy jamoa safida 129 ta uchrashuvda maydonga tushib, 48 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.



