Pochettino: “Uxlay olmayapman”

Eldor Akmurzayev
13 mar 2022, 09:55
PSJ ustozi Maurisio Pochettino YCHL 1/8 finalida “Real”ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin asablari joyida emasligi haqida gapirdi.

“Mag'lubiyatimiz jaxlimni chiqardi, bunday so'zlar uchun mazur tutasiz. G'azabdaman, o'zimni biroz yomon his qilyapman, kechalari uxlay olmayapman. Biroq, masuliyatni o'z zimmamizga olib, davom etishimiz va Liga 1 chempionligi haqida o'ylashimiz lozim”, deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, parijliklar qatorasiga 2 o'yinda beri muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Jamoa Fransiya chempionatida 27 o'yin o'tkazib, 62 ochko bilan yaqqol peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal