

"Biz yomon o'ynadik. Yana nima deyish mumkin. "Tottenxem" bu kecha yomon edi. Agar o'yinni tahlil qilsak, biz to'pni ko'proq nazorat qildik va ular bilan bir xil vaziyatlar yaratdik. Lekin, gol urish juda qiyin bo'ldi. Biz o'yinimizni kuchaytirishimiz va nimanidir o'zgartirishimiz kerak. Hozir qiyin damlarni o'tkazayapmiz, o'z o'yinimizni tahlil qilishimiz va javoblar topishimiz lozim", - deydi Pochettino.



