Pochettino "Monako"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
22 fev 2021, 11:52
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Fransiya chempionati doirasida "Monako"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

- O'yinni yaxshi boshlagandik. "Monako" yaxshi himoyalandi. Biz 75 foiz vaqt davomida to'pni o'zimizda ushlab turdik, ammo hujumda g'oyakorlik yetishmadi. "Monako" vaziyatlaridan foydalanib ketdi, biz esa yo'q.

- PSJ ushbu mavsumda oltinchi marta mag'lub bo'ldi. Chempionlikka shubxa qilmayapsizmi?
- Reallik shunday. Biz buni o'zgartira olmaymiz. Hozircha imkoniyatlar bor, kurashishda davom etamiz.

- Mbappe bugun o'zini ko'rsata olmadi. Buni nima bilan tushuntirsa bo'ladi?
- Futbol - bu matematika emas. Buni xar xil tushuntirsa bo'ladi. Bugun faqatgina Kilian emas, butun bir jamoa yutqazdi, - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe