Pochettino Keynning ahvoli haqida ma'lumot berdi

24 may 2019, 08:44
“Shporlar” ustozi jamoa yetakchisining ahvoli haqida gapirdi.

“Keyn mashg'ulot o'tkazmoqda va ayni damda tiklanishni so'nggi bosqichini o'tamoqda. Harri bizga o'yin boshidan yoki zaxiradan maydonga tushib yordam berishiga umid qilamiz. Agar u maydonda tushmasa, undan kiyinish xonasida katta qo'llab-quvvatlashni kutamiz. Ammo nima bo'lganda ham biz uni maydonda yordam berishidan umidvormiz”,-deydi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, “Liverpul”-“Tottenxem” o'rtasidagi YCHL finali 1 iyun kuni Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports