Pochettino: "G'oyalarni singdirish uchun vaqt kerak"

Mirjalol Normatov
8 yanv 2021, 22:28
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parij klubining taktik g'oyalari haqida gapirdi.

"Murabbiylar shtabi futbolchilarning mehnatidan qoniqmoqda. O'z g'oyalaringizni singdirishingiz uchun sizga doim vaqt kerak bo'ladi. "Brest"ga qarshi o'yinda yangicha taktik ishlanmalar bilan o'ynash borasida gapirish qiyin. Chunki bu ko'p narsalarga bog'liq. Asosiysi - futbolchilar xar xil rejalarga tayyor turishi kerak", - dedi murabbiy.

PSJ hamda "Brest" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv ertaga tunda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal