Pochettino: “Bu “temp”da Keyn APLning hamma rekordini zabt etadi”

14 yanv 2018, 02:12
“Tottenhem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasining “Everton” (4:0) ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi.

“Bu fantastik futbol bo'ldi. O'ylashimcha, biz to'liq g'alabaga haqli edik. Ajoyib o'yin va ajoyib uch ochko.

Harri Keyn – talantli futbolchi va haqiqiy professional. Uning uchun xursandman. U barcha iliq so'zlarga munosib. Bu ketishda u APLning barcha rekordlarini zabt etishiga shubham yo'q”, deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC