Pochchetino yana Fransiyada ishlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 sen 2022, 16:39
Liga 1 vakili "Nicca" terma jamoalar o'rtasida xalqaro o'yinlar o'tkaziladigan paytda yangi murabbiy tayinlamoqchi.

Klub asosiy nomzod sifatida Maurisio Pochettinoni ko'rmoqda. Amaldagi murabbiy Lyusen Favr boshchiligida jamoa turnir startida 8 o'yin o'tkazib 2 ta g'alaba va 4 mag'lubiyat natijasini qayd etib, musobaqa jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. 

Favr shu yilning yozida Kristof Galte PSJga ketganidan keyin jamoa bosh murabbiyi bo'lgan edi. Pochchetino esa iyul oyida Parij klubini chempionlikka etaklaganidan bir necha oy o'tib iste'foga chiqarildi. Argentinalik mutaxassis 2021 yilda "Tottenxem"dan PSJ boshqaruviga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS