
"Men 2007 yili "Oltin to'p"ni menga berishlari kerak edi deb hisoblamayman. Kaka o'shanda xizmatlariga yarasha taqdirlangandi. Bu sovrinni ko'pincha ko'p gollar kiritadigan va jamoasi g'alabalarida muhim rolni o'ynaydigan futbolchilar qo'lga kiritishadi. 2007 yilda aynan Kaka bizda eng muhim gollarni kiritib, jamoamiz g'alabalariga o'zining katta hissasini qo'shgan edi. Xavi va Inesta "Oltin to'p" olmagan ekan, demak men ham hali bu sovringa loyiq o'yin ko'rsatmaganman", - deydi Pirlo.