

Oldinroq, Xerard Pike va Serxio Ramos siyosiy sabab tufayli janjallashib qolishgani haqida xabar qilingan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" futbolchisi Ramos "Barselona" himoyachisi Pikeni JCH-2018 saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Ispaniya terma jamoasidagi kayfiyatni izdan chiqarishga urinishda ayblagan.
"Men va Ramos haqida yolg'onlar ko'p, ammo biz ahil do'stlarmiz" - deydi Pike.



