Pike: "Allegri? "Barselona"ning keyingi bosh murabbiyi kim bo'lishini bilmayman"

Aslanov Jasurbek
23 may 2017, 11:41
"Barselona" himoyachisi Xerard Pikening so'zlariga ko'ra, u kelasi mavsumda jamoani kim boshqarishini bilmaydi.

Ko'k-anorranglilarning hozirgi ustozi 27 may kuni "Alaves"ga qarshi Ispaniya Kubogi final bahsidan so'ng jamoa bilan xayrlashadi.

"Allegri? U "Yuventus"da munosib ishlamoqda, ammo "Barselona"ning keyingi bosh murabbiyi kim bo'lishini bilmayman" - deydi Pike.

Oldinroq ispan OAVda "Atletik" ustozi Ernesto Valvyerda Kataloniya klubida ishlashini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es