PFL: Rashidov uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2017, 16:54
O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.

Oliy Liga

Oliy Liga 14-turida Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi o'yinda hakamga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan So'g'diyona yarim himoyachisi Sanjar Rashidov 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Ligasi

So'g'diyonaga qarshi 13-tur o'yinida hakam yordamchisiga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan Navbahor darvozaboni Nodirjon Ashurmatov 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Neftchi jamoasi bilan 14-tur o'yinida hakamlar brigadasiga nisbatan nomaqbul so'zlar  ishlatgani uchun Mashal murabbiyi Ruslan Ahmedov 5 o'yinga chetlatildi.

Bunyodkorga qarshi 14-turda agressiv xatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan Buxoro yarim himoyachisi Burxon Hasanov 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Obod klubiga qarshi 5-tur bellashuvida agressiv xatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan Paxtakor yarim himoyachisi Kamron Saidazimov 2 uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.  

Dinamo jamoasi bilan 15-tur o'yinida raqibiga nisbatan nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal himoyachisi Shahzod Abdurahimov 2 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Dinamoga qarshi 15-tur o'yinida raqibini nomaqbul so'zlar bilan atagani uchun maydondan chetlatilgan Mashal himoyachisi Shoxjahon Qilichev 2 o'yinda diskvalifikaciya qilindi.

Birinchi Liga

NBU-Osiyo klubiga qarshi 14-turda hakamga nisbatan nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan Xorazm murabbiyi G'ayrat Shixov 5 o'yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

Norin jamoasi bilan 16-tur uchrashuvida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etgan va shundan keyin zaxira hakamini nomaqbul so'zlar bilan atagan Lokomotiv-BFK himoyachisi Nurbek Sidabullaev  3 o'yinga chetlatildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz