PFL kubogi yarim finalida "Paxtakor" emas, "Obod" o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2014, 11:49
Kecha PFL kubogi chorak final o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra "Obod"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan "Paxtakor" jamoasi yarim finalga yo'llanma olgandi.

Biroq "sherlar" tarkibida ro'yxatdan o'tmagan futbolchi maydonga tushgani uchun "Obod" PFLga raddiya yozgan. PFL bugun ushbu holatni o'rganib chiqib, "Paxtakor"ga kechagi o'yin uchun texnik mag'lubiyat yozdi.

Shu tariqa, yarim finalda "Obod" "Qo'qon-1912" bilan o'ynaydi. Ikkichi yarim finalda "Mashal" va "Olmaliq" kurash olib borishadi.   

Eslatib o'tamiz, musobaqaning yarim finallari 19 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia