Petr Chex: "FIFA yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida Noyerni tanlasa kerak"

Tolibjon Qosimov
24 dek 2013, 16:14
"Chelsi" darvozaboni Petr Chex FIFA ramziy terma jamoasi darvozasidan o'rin olish uchun asosiy da'vogar sifatida o'zining "Bavariya"dagi hamkasbini ko'rsatmoqda.
"Bavariya" mamlakat chempionati, Chempionlar Ligasi g'olibi bo'ldi. Shuning uchun ham, o'ylashimcha, Noyer Kasilyasning bu boradagi qirolligga chek qo'yishi mumkin. Men esa top beshtalikka kirishdan xursandman.

"Kimnidir tanlag joim qiyin. Hamma har xil chempionatda o'ynaydi. G'alaba esa - haqiqiy baxt. Shundoq ekan, kim bu sovrinni yuisa ham, bunga munosib bo'ladi", dedi Chex.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru