Petr Chex - eng yomon darvozabon

Mirjalol Normatov
15 may 2018, 14:51
"Arsenal" darvozaboni Petr Chex golga olib kelgan xatolarga yo'l qo'yish borasida birinchi o'rinni egalladi.

"OPTA" xabariga ko'ra, Chex bu mavsumda 6 bora xato qilgan va bu golga aylangan. Ugo Loris va Asmir Begovich esa 5 martadan qo'pol xatolarga yo'l qo'yishgan.

Kuchli beshlikka Jo Xart (4) va "Xaddersfild" posboni Yonas Lyossl (3) ham kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA