Peti: "Neymar PSJni hurmat qilmaydi"

Mirjalol Normatov
1 dek 2019
"Monako", "Arsenal" va "Barselona" kabi jamoalarning sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti PSJ hujumchisi Neymar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Zidan va Jorkaeff bilan birga o'ynaganimda ular o'zlari o'yinni o'zgartira olishlarini ko'rardim. Shu boisdan biz ularni himoyada ham o'ynatardik.

Biz buni ko'rardik va o'z ishimizni qilishda davom etardik. Chunki ular jamoaga g'alaba keltira olishlari mumkin edi.

Bu gap Neymarga tegishli emas. Bu yigit faqatgina o'zi uchun o'ynamoqda. U PSJni umuman hurmat qilmaydi", - dedi Peti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express