Peru gazetasi mamlakat terma jamoasi JCH-2018ga chiqqani munosabati bilan sarlavhani ruschada taqdim etdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
17 noya 2017, 14:33
Peruning Peru21 nashri milliy terma jamoa 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga chiqqani uchun, gazetaning muqovasiga ruscha sarlavha qo'ydi.

Gazeta muqovasiga quyidagi gaplar yozilgan edi: "My edem v Rossiyu" (biz Rossiyaga boramiz) va "Vozvrashhaemsya na chempionat mira 36 let spustya" (36 yil o'tib jahon chempionatiga qaytamiz).

Peru terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi JCH-2018 pley-off bahslarida ikki uchrashuv natijasiga ko'ra g'alabaga erishdi. Peruliklar mundialning so'nggi ishtirokchisiga aylanishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com