"Persepolis" hujumchisi Portugaliya klubiga ko'chib o'tdi

Xayrulla Xoliqov
2 okt 2020, 11:24
"Persepolis" safida yorqin o'yin namoyish etib kelgan Ali Alipur jamoa safida ko'rinmay qolgandi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu hujumchi Portugaliya klubi "Maritimu" bilan shartnoma imzoladi. Uning shartnomasi 2 yilga mo'ljallangan. Aslida bu o'tish sentyabr boshida amalga oshishi lozim edi, biroq viza sababli biroz kechiktirildi va yaqinda Alipur Portugaliyaga jo'nab ketdi.

Ali Alipur Eron chempionatining 2017/18 yilgi mavsumida 24ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Uning yangi jamoasi "Maritimu" o'tgan mavsumni 11-o'rinda yakunladi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com