Peres - "Real" va "Portu" afsonalari uchrashuvi haqida: "Bizlarni bir umrlik sardorimiz bog'lab turibdi"

Mirjalol Normatov
13 dek 2019, 21:29
"Real" prezidenti Florentino Peres "qirollik klubi" va "Portu" jamoalarining afsonalari o'rtasida kechadigan bahs haqida gapirdi.

"Portu" - Yevropaning buyuk klublaridan biri. Bunday klublarning nafaqat Portugaliya, balki butun dunyoda muxlislari ko'p. Shuningdek, biz ular bilan o'zaro bog'liqlik tomonimiz ham bor. Bizlarni bir umrlik sardorimiz bog'lab turadi. O'z kelajagini futbolda ko'rayotgan yoshlar uchun "Portu" ajoyib namuna bo'lib xizmat qiladi", - dedi Peres.

Ushbu bahs 29 mart kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

Iker Kasilyas esa shu tariqa jonajon jamoasi bilan xayrlashgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal