

"Krishtianuning "Real" bilan shartnomasi bor. Biz faqat u jamoadoshlariga nima deganini bilamiz. U bilan gaplashganim yo'q va e'lon qilingan narsalar muhim deb hisoblamayman. Kutishimiz kerak va Konfederatsiyalar Kubogidan so'ng u bilan suhbatlashaman. Ronaldu o'z vazifalarini halol bajaradi va ko'pchilik unga zarar etkazmoqchi bo'layotganidan odam xafa bo'ladi. U "Real"da o'ynayotganidan xursandmiz. Menimcha, Ronaldu "Real"da qoladi. Ayni damda ortiqcha havotirga hojat yo'q" - deydi Peres.
Oldinroq Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 2011-2014 yillarda 14,7 mln. evro soliq to'lamaganlikda ayblayotgan edi.


