Pepe sobiq jamoadoshi Koentrauga 600 ming evro taklif qildi. Nega?

Aslanov Jasurbek
10 may 2019
"Portu" himoyachisi Pepe mojarolar markazida bo'lib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 36 yoshli futbolchi "Real"da birga to'p tepgan "Riu Ave" futbolchisi Fabiu Koentrauga Portugaliyaning 33-tur bahsida g'alaba qozonish uchun 600 ming evro taklif qildi. Ismi oshkor qilinmagan shaxs policiyaga isbot bilan murojaat qildi.

"Benfika" chempionat yakunlanishidan 2 tur oldin turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi, "Portu" esa 2 ochko orqada. Agar "Riu Ave" "burgutlar"ni mag'lub etsa, "ajdarlar"da turnir jadvalida yetakchi bo'lib olish imkoniyati paydo bo'ladi.


"Benfika" "Riu Ave"dan so'ng "Santa-Klara" bilan bellashadi. "Portu"ning navbatdagi raqiblari - "Nasonal" va "Sporting".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gonfialarete.com