Pepe Reyna "Bavariya"ning o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2014, 16:52
Bavariya posboni Pepe Reyna Unteraxingga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Myunxenliklar rasmiy saytining xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi. U bir necha haftaga safdan chiqqani ma'lum qilindi. 

Endi Manuel Noyerning o'rinbosari sifatida Tom Shtarke harakat qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru