Pep "Man Siti"ning sovrinsiz mavsumi haqida: "Siz buni xohlagan bo'lardingiz, lekin bu haqiqat emas. Angliya Superkubogini qo'lga kiritdik! Bu etarli emas, lekin biz yutdik"

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 15:51
Pep Gvardiola "Manchester Siti" mavsumni sovrinsiz o'tkazgan degan fikrga qo'shilmayapti.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Sky Sports jurnalisti Kave Solekolning o'tgan mavsumda chempionlik yo'qligi haqidagi savoliga etiroz bildirdi.

"Do'stim, bu yolg'on, buni sizga aytishdan afsusdaman. Siz shunday bo'lishini xohlaysiz, lekin bu noto'g'ri. Biz Angliya Superkubogini qo'lga kiritdik! Bilaman, bu etarli emas, lekin biz g'alaba qozondik!", - dedi Gvardiola.

2024 yil 10 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun kechgan o'yinda "Manchester Siti" MYUni penaltilar seriyasida mag'lub etdi (7:6, asosiy vaqtda - 1:1).

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/City_Xtra