Pep 100 ochkolik rekord haqida gapirdi: “Ertami kechmi uni zabt etishadi”

18 iyul 2020, 00:07
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Liverpul” futbolchilari 2018 yilgi mavsumda “Siti” o'rnatgan rekordni takrorlay olmaganliklari haqidagi holatga izoh berdi.

“Manchester Siti” o'shanda bir mavsumda 100 ochko to'plaganji. “Liverpul” qolgan ikki uchrashuvda g'alabaga erishsa, ochkolari soni 99 taga yetishi mumkin.

Ammo bu holat “Liverpul”ning joriy mavsumni yuqori notada o'tkazganiga soya sola olmaydi. 100 ochkoni qo'lga kiritish oson emas, ammo ertami kechmi kimdir bu rekordni qo'vib etadi.

100 ochko jamg'arish hech qachon oson bo'lmagan, shu bois bu borada hech narsa o'zgarmagan. Ikki mavsum ilgari 100 ochko jamg'arib, rekord o'rnatganimizda jamoa haqiqatan ham betakror edi. Keyingi yili esa 98 ochko jamg'ardik. Bu esa haqiqatan ham qaytarish qiyin bo'lgan ish.

Qachonlardir bu rekordlar zabt etiladi.”Liverpul” shu darajada yaxshi mavsum o'tkazib, shuncha ochko jamg'ara olmadimi, demak oldingi ikki mavsumda “Siti” darhaqiqat betakror o'yin ko'rsata olgan”, dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Erevening News