Pellegrini: "Qishda Jekoni sotmaymiz"

Tolibjon Qosimov
3 dek 2013, 13:26
"Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrini Edin Jekoni qishda sotmasligini ma'lum qildi.
"Yo'q, biz yanvar oyida Jekoni sotmaymiz. Mavsum boshida unga qanchalik ishongan bo'lsam hozir ham shunchalik ishonaman. Jamoaga ko'p kuchli futbolchilar kerak, sababi aprel oyiga qadar juda ko'p o'yinlar o'tkazamiz. Agar sovrin yutishni istasak tarkibimizda ko'plab kuchli o'yinchilar bo'lishi lozim. Balki, hozir Edin o'zi xohlaganchalik ko'p maydonga tushmayotgandir, lekin hamon jamoaning muhim a'zosi sanaladi".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru