

"Mourinyo do'stim emas. Barcha odam o'zi istaganidek futbol o'ynashi va o'zi xohlaganidek gapirishi mumkin. Biroq o'ylayotgan tanqidlaringning barchasini ham gapirish shart emas. Mana nima uchun u mening do'stim emas. Biroq u mening dushmanim ham emas. Bu o'rtamizdagi yagona farq.
Pochettinoning falsafasi Mourinyoniki kabi emas. Biroq Joze jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olganiga endi 2 kun bo'ldi va u o'z falsafasini jamoaga singdirib bo'lgan deb o'ylamayman. Endi biz Mourinyo imzosidagi noodatiy "Tottenxem"ni ko'ramiz", - dedi Pellegrini.



