Pelle bosh murabbiyga qo'l cho'zmagani uchun Makedoniya bilan o'yinga bormaydi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2016, 08:10
Italiya terma jamoasi hujumchisi Graciano Pelle JCH-2018 saralashi doirasidagi Makedoniyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Kechagi Ispaniyaag qarshi o'yinni (1:1) Pelle asosiy tarkibda boshladi, ikkinchi taymda u almashtirildi. Zaxiraga olingan futbolchi bosh murabbiy Jampero Ventura bilan qo'l berib ko'rishishni istamadi va to'g'ri kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi.

Shu sababli Pelle tarkibdan tushib qolishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net