Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
Baxtiyorligimdan ko'zimga yosh keldi, futbol biznin qonimizga singib ketgan, – deb Pele qo'shiqning birinchi qatorini jurnalistlarga o'qib berdi. U qo'shiqning nomini ma'lum qilishdan bosh tortdi, biroq yaqin vaqt ichida e'lon qilinishini aytib o'tdi.
JCH-2014ning qo'shiqlari rasmiy to'plamidan hozirgacha Rikki Martin, Shakira, Pitbull va Jennifer Lopesning qo'shiqlari o'rin olib ulgurgan.
Men Rikki Martinning qo'shig'ini eshitib ko'rdim, u menga yoqmadi, – dedi Pele. Uning so'zlariga ko'ra, qo'shiqda jamoa qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani eslab o'tilishi kerak. Sobiq futbolchi Braziliya terma jamoasi qanday natija qayd etishidan qatiy nazar uni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
O'tgan hafta Braziliyada jahon chempionatini o'tkazish uchun haddan tashqari ko'p harajat qilinayotganiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo'lib o'tgandi. Hozirgacha musobaqani tashkil etish uchun 11 milliard dollar sarflandi. Korrupsiya, stadionlar qurilishi uchun haddan tashqari katta xarajatlar – bunga futbolchilarning aloqasi yo'q. Bu ularning aybi emas, – deya qayd etdi Pele.
Avvalroq Pele mashhur One Direction musiqiy guruhiga a'zo bo'lish istagini bildirgandi. Guruh koncerti vaqtida 73 yoshli braziliyalik sahnaga chiqib, guruhning ashaddiy ishqibozi ekanligini va ushbu guruhda gitarachi sifatida qatnashish istagi borligini ma'lum qilgandi.