Pele: "To'liq oyoqqa turdim va Braziliya terma jamoasida o'ynashga tayyorman"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2014, 18:29
Braziliyalik afsonaviy futbolchi, yaqinda Albert Eynshteyn nomidagi kasalxonani tark etgan Pele o'z ahvoli haqida izoh berdi.

Afsonaviy futbolchi kasallik tufayli ikki haftani klinikada o'tkazdi.

"Men to'liq tuzaldim va Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiadada Braziliya terma jamoasi uchun o'ynashga tayyorman!

Menga yordam bergan shifokorlardan minnatdorman, bu haqiqiy jang bo'ldi. Mendan havotirlangan do'stlarimga ham rahmat aytaman. Men Xitoy, Pokiston va Yevropaning deyarli barcha mamlakatlaridan xatlar oldim" - deydi Pele.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com