"Pedri Zidan va Laudrupdan ham kuchliroq"

Omonjon To`xtamirzayev
2 mar 2022, 12:17
El Chiringuito TV muxbiri Jota Jordining fikriga ko'ra, "Barselona"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Pedri Zinedin Zidan va Mikael Laudrupdan kuchliroq ekan.

Bunday fikr, Pedrining yakshanba oqshomida "Barselona"ning "Atletik" Bilbaoga (4:0) qarshi to'qnashuvidagi muvaffaqiyatli harakatlaridan keyin yangradi. "Zidan 19 yoshida qayerda edi?", - deydi Jota Jordi.

Pedri avvalroq "Golden Boy" sovriniga loyiq ko'rilgandi, ammo uni Jahon va Yevropa chempionatlari g'olibi hamda "Oltin to'p" sohibidan kuchliroq deyish biroz g'alati.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru