Pedri sentyabr oyida terma jamoa yig'iniga boradi. "Barselona" esa futbolchi dam olishini xohlagandi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2021, 23:28
Pedri dam olish nimaligini bilmayapti.

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri JCH-2022 saralash o'yinlari uchun Ispaniya termasi tarkibidan o'rin oldi. Ispanlar 2 sentyabrda Shvetsiya, 5 sentyabr kuni Gruziya va 8 sentyabr kuni Kosovo termasiga qarshi o'yin o'tkazishadi.

"Barselona" esa futbolchiga dam olishni maslahat bergandi. Ammo, Pedrining o'zi milliy jamoasi uchun o'ynashni istamoqda. Futbolchi Ispaniya termasini JCH-2022 yo'llanmasi uchun kechadigan muhim o'yinlarda yolg'iz qoldirmoqchi emas. 

Eslatib o'tamiz, Pedri o'tgan mavsumda 73 ta o'yin o'tkazib mutlaq rekord qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca