Pedri "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi

Mirjalol Normatov
28 noya 2024, 20:59
"Barselona" va Pedri o'rtasida shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.

Unga ko'ra, tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishishgan.

Pedri 2019 yilda "Las Palmas"dan "Barselona"ga o'tgandi. Shu vaqt mobaynida u jamoasi uchun 162 o'yinda qatnashdi va 23 gol hamda 15 assist qayd etdi. Ushbu mavsumda esa u 14 uchrashuvda 3 bora raqiblari postiga yo'l topdi va 1 golga hammuallif bo'ldi.

Oldinroq futbolchi "Barselona" bilan muzokaralar yaxshi davom etayotganini aytib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana