

Jamoaning bugungi murabbiylar shtabiga "Sho'rtan" va "Lokomotiv" bilan bo'lib o'tadigan o'yinda maksimal, 6 ochko olish vazifa etib qo'yilgan edi. G'uzorda bo'lib o'tgan uchrashuvda poytaxtliklar yirik hisobda imkoniyatni boy berdilar.
"Paxtakor" jamoasining yangi rahbariyati, keyingi ish faoliyatini Yevropa klublariga o'xshatib olib borishni maqsad qilayapti. Yaniy qarorni bir kishi emas, direktorlar kengashi qabul qiladi. Bunday uslub allaqachon Yevropada muvaffaqiyatli tarzda qo'llanilib kelinayapti.
Ayni paytda jamoa Yevropaning bir qator davlatlaridan, shuningdek Braziliyadan o'ziga mos bo'lgan murabbiy qidirishni boshlab yubordi.
Ikkinchi davrada jamoa safi, sifatli legionerlar bilan kuchaytirilishi rejalashtirilayapti. Buning uchun "Paxtakor" birinchi davrada maksimal ochkolarni o'z g'aznasiga jamlab olishi va ikkinchi davrada OCHL yo'llanmasini uchun kurash olib borishi kerak.




