

Ana shu uchrashuvda "sherlar" tarkibida gollardan ikkitasini qirg'izistonlik Kimi Merk kiritdi. Ikkinchi bo'limda davomida Kimi darvozabon bilan birga-bir holatga qochib ketish uchun yugurdi va zarba ham berdi. Ana o'sha epizodda u oyog'ining orqa mushaklarini shikastlab oldi va 70-daqiqada zaxiraga olindi. Uning o'rnini Po'latxo'ja Xoldorxonov egalladi. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, 19 yoshli Kimi Merk bir oyga safdan chiqqan. Bunday holatda hujumkor yarim himoyachi "Paxtakor"ning oldindagi 3-4 uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, Merk ushbu mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida "Paxtakor" libosida 5ta o'yinda maydonga tushgan va 5ta gol urgan.

O'zbekiston chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>> SUPERLIGA



