

Musobaqada ishtirok etayotgan “Paxtakor” jamoasi yoshlari ikkinchi uchrashuvda durang natija qayd etishdi.
Suxumining “Dinamo” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda ustunlik asosan Dilshod Nuraliev shogirdlari tarafida bo'ldi. Biroq ular ko'p bor yuzaga keltirilgan qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi. O'yinda hisob ochilmadi. “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari 2-turdan keyin 4 ochko to'plagan holda guruhda peshqadam bo'lib turishibdi. Bugun “Paxtakor” 3-turda “Kaluga” klubiga qarshi maydonga tushadi.



