“Paxtakor” Turkiyadagi so'nggi nazorat uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi

20 yanv 2018, 23:08
Turkiya yig'inidagi oxirgi nazorat o'yinida toshkentlik futbolchilari "Vardar"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda "Paxtakor"ning ustunligi sezilib turdi va ikkinchi bo'limda urilgan gollar bellashuv "Paxtakor"ning g'alabasi bilan tugashini taminladi. Tanaffusga qadar raqib posboni  Hakimov, A'zamov va Ahmedovning urinishlarini bartaraf erishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan tushirilgan futbolchilar makedoniyaliklar darvozasini ishg'ol etishdi. Dastlab Ibrohimov aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan Kanyuk yaqin masofadan oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Shunday qilib, Turkiyadagi oxirgi nazorat uchrashuvida "Vardar" 2:0 hisobida dog'da qoldirildi.

"Paxtakor" Turkiyada o'tgan yig'inni yakunladi va 22 yanvardan tayyorgarlikni Toshkentda davom etiradi. Belekda "Turgutluspor" (3:0), "Amedspor" (2:0), "Partizani" (3:1) va "Vardar" (2:0)ga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazilganini eslatib o'tamiz.


Nazoratch uchrashuvi. 20.01.2018.

"PAXTAKOR" - "VARDAR" - 2:0 (0:0)

"Paxtakor": Lobanov (Suyunov, 46), Kozak (Sayfiev, 46), Simich, A'zamov (Tojiev, 84), Shorahmedov, Rahmatullaev (Kanyuk, 77), Ahmedov (Ismatullaev, 65), Masharipov, Iskanderov, Abdurahimov (Ibrohimov, 65), Hakimov (G'anixonov, 77).

Gollar: Ibrohimov 76, Kanyuk 83.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Пахтакор" ФКнинг Телеграмдаги расмий канали