Uchrashuvni "Paxtakor" stadionida kuzatishni istagan muxlislar va jurnalistlar uchun quyidagi ma'lumotni taqdim etamiz:
- O'yinga tashrif buyuruvchi ishqibozlar stadionga kirish joyida sotib olgan chiptalarini stadion xodimlari tomonidan tekshiruvdan o'tkazadilar. O'sha erning o'zida chiptaning bir qismi yirtib olinadi va maxsus idishga tashlanadi. Shu tariqa ishqiboz tanaffus vaqtida o'tkaziladigan yutuqli o'yin ishtirokchisiga aylanadi. Chiptalarni stadion kassalaridan 1000 so'mdan xarid qilishingiz mumkin. Baxtli 10 nafar muxlis futbol to'plari, DVD pleerlar va velosiped sohibiga aylanish imkoniyatiga egalar.
- O'yinga tashrif buyuruvchi OAV xodimlari o'zlari bilan PFL tomonidan 2014 yilgi O'zbekiston chempionati va Kubogi uchrashuvlariga kirish huquqini beruvchi akkreditatsiya kartochkalarini olib kelishlari shart. Boshqa turdagi akkreditatsiya yoki guvohnoma bilan stadionga kirishga yo'l qo'yilmaydi. Ushbu ko'rsatmaga amal qilish sizni noqulay ahvolga tushishdan asraydi. OAV vakillari uchun "Paxtakor" stadioniga kirish O'FF binosi joylashgan darvozadan bo'ladi.
"Paxtakor" - "Qizilqum" o'yinidan oldingi ochilish marosimi soat 16:00da boshlanadi. Dastlab mashhur sanatkorlarning chiqishlaridan bahramand bo'lasiz. Shou dasturdan keyin esa jamoalar maydonga taklif etilishadi. Bellashuv soat 17:00da start oladi.