"Paxtakor" murabbiyi: "G'alabani juda istadik va bunga erishdik"

Aziz Tukhtamuradov
27 apr 2022
"Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski "Al Taavon"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (5:4) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Voyneski: - O'yin gollarga boy o'tdi, jamoalarda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Bunga sabab biz hujumkor futbol o'ynashga intilyapmiz. Yana futbolchilarning jismoniy holati ham o'yinga ta’sir ko'rsatdi. Ketma-ket bahslardan keyin charchoq bo'ladi. Futbolchilarni halol, hujumkor va oxirigacha kurashgani bilan tabriklayman. G'alabani juda istadik va bunga erishdik.


Shuningdek, uchrashuvda gol urgan Mirjahon Mirahmadov ham o'yin haqida qisqacha fikrlarini bildirdi. 

Mirahmadov: - Qiyin o'yinda g'alaba qozonganimizdan xursandman. Avvalgi bellashuvlarda omadimiz kelmadi. Bugun vaziyatlardan foydalana oldik.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати