
Bugungi mashg'ulot "Yoshlik" stadionida trenajyor zalida o'tkazildi. Ertaga esa ikkiga bo'lingan holda uchrashuv o'tkaziladi. Shu bilan birinchi yig'in yakuniga etadi. Yangi yildagi tayyorgarlik rejasiga keladigan bo'lsak, 2-14 yanvar kunlari Toshkentda yig'in davom ettiriladi. 15-30 yanvar kunlari BAAning Sharja amirligida, 5-19 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yig'inlar o'tkazish ko'zda tutilgan.