"Paxtakor" Eron terma jamoasi hujumchisiga qiziqmoqda, ammo...

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2017, 14:17
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi "Persipolis" hujumchisi Mehdi Taremini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Klublar bu borada muzokara ham o'tkazgandilar. Ammo, championat.asia saytining Erondagi manbasini xabar qilishicha, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniga etmay qolgan.

Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, toshkentliklar taklif qilgan 600 ming dollar eronliklarni qoniqtirmagan.

Shuningdek, futbolchining o'zi yiliga 600 ming dollar maosh olishni istamoqda.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia