

Ayni paytda "sherlar" "Jar" stadionida yig'ilgan. Jamoa aynan mana shu yerdan aeroportga ketadi va 11:00da charter reys bilan Doxaga uchib ketadi.
Doxaga uchadigan futbolchilar ro'yxati hozircha ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, "Al Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvi 30 yanvar kuni bo'lib o'tadi.



