Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi

Xayrulla Xoliqov
19 mar 2019, 18:02
Janubiy Koreya milliy terma jamoasi shu oydagi FIFA kunlaridan foydalanib ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Boliviya va Kolumbiya bilan kechadigan o'yinlar Janubiy Koreya uchun Osiyo Kubogi musobaqasidan so'ng dastlabki o'rtoqlik uchrashuvlari bo'ladi. Mazkur ikki uchrashuv uchun jamoa bosh murabbiyi Paulu Bentu 27 nafar futbolchini jalb qildi. 

Taklif etilgan futbolchilar orasida Ki Sung Yong hamda Ku Ja Chol kabi yulduzlar yo'q, chunki ular Osiyo Kubogidan so'ng terma jamoa bilan xayrlashishdi. Portugaliyalik murabbiy bundan keyin e'tiborni yoshlarga qaratishni lozim topdi. 

"Futbolchining qobiliyati uning yoshidan muhim, - deydi murabbiy. - Baribir qachondir futbolchilar terma jamoadagi faoliyatni yakunlaydi va o'rnini yoshlarga bo'shatib beradi. Hozir biz bilan ham shu jarayon davom etmoqda. O'ylaymanki, yoshlar tez orada o'zlarini ko'rsata olishadi". 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com