Patris Evra "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2014, 17:06
Tuttosport tarqatgan ma'lumotga qaraganda, "Manchester Yunayted" himoyachisi Patris Evra faoliyatini Turinning "Yuventus" jamoasida davom ettirishi mumkin ekan.
Manbada qayd etilishicha, turinliklar biryo'la ikki "mankunian"ni qo'lga kiritishmoqchi. Bular Nani va Evra. Nanining jamoadan ketishi haqida anchadan buyon gapirilmoqda. Lekin Evraning "MYU"ni tark etishi borasida hech qanday fikrlar bildirilmayotgan edi. Ammo fransiyalik himoyachining manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi. "Yuventus" esa bu vaziyatdan foydalanib Evrani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com