Ozil nemis futbol ittifoqi tufayli terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2018, 07:00
"Arsenal" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qildi.

"Irqchilik va hurmatsizlikni his qilar ekanman Germaniya terma jamoasida boshqa o'ynamayman. Terma jamoa futbolkasini g'urur bilan kiyganman, ammo bu ortda qoldi. Juda qiyin qaror, chunki jamoadoshlarim, murabbiylar va Germaniya fuqarorali uchun bor kuchimni ishga solganman. Biroq Nemis futbol ittifoqining muhim mansabdorlari menga shunday munosabatda bo'lishda davom etar ekan, etar, bas. Men bu uchun futbol o'ynayotganim yo'q. Qo'limni qovushtirib o'tirmayman. Irqchilikka chidab bo'lmaydi.

Mesut Ozil" - deyiladi "Arsenal" yarim himoyachisining bayonotida.

Futbolchi e'lon qilgan to'liq matn keyinroq taqdim etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia