Ozil: "Hozirgacha Ronaldudek futbolchini uchratmadim"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2016, 14:16
"Real" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Arsenal" sharafini himoya qilayotgan Mesut Ozil "Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronaldu nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Hozirgacha Ronaldudek futbolchini uchratmadim. U haqiqatdan ham ko'p mehnat qiladi. Ronaldu mashg'ulotlarga hammadan oldin kelib, oxirgi bo'lib uyiga ketadi. Krishtianu juda professional va har bir uchrashuvda jang qiladi. U bilan bir jamoada o'ynashdan rohatlanganman, chunki aynan u tufayli o'sishga erishdim. Shu bilan birga, Ronaldu yaxshi inson va do'st. Ronaldu - ayni damda jahon va futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri" - deydi Ozil.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com