O'zil: "Benzema bir kun kelib "Oltin to'p"ni olishini bilardim"

Sherzod Nurmatov
18 okt 2022, 13:36
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi, hozirda Turkiyaning "Instanbul Bashakshexir" jamoasida to'p tepayotgan Mesut O'zil fransiyalik Karim Benzemaning "Oltin to'p" sovrinini yutgani haqida gapirdi.

"Karim – dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Bir kun kelib u bu sovrinni olishini bilardim. Bunga loyiqsan. Sen bilan faxrlanamiz, do'stim", – dedi Mesut.

Benzema o'tgan mavsum La Liganing 32 uchrashuvida 27 ta to'p kiritgan va 12 ta golga assistentlik qilgan. Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasida 12 o'yinda 15 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 34 yoshli hujumchi "qaymoqranglilar" bilan birgalikda  ikkala turnirda ham g'olib chiqdi.

Anchelotti: "Dunyoning eng yaxshi darvozaboni va "Oltin to'p" sohibiga murabbiylik qilish men uchun sharaf"

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror