

"Karim – dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Bir kun kelib u bu sovrinni olishini bilardim. Bunga loyiqsan. Sen bilan faxrlanamiz, do'stim", – dedi Mesut.
Benzema o'tgan mavsum La Liganing 32 uchrashuvida 27 ta to'p kiritgan va 12 ta golga assistentlik qilgan. Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasida 12 o'yinda 15 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 34 yoshli hujumchi "qaymoqranglilar" bilan birgalikda ikkala turnirda ham g'olib chiqdi.



