"Real" yarim himoyachisi Mesut O'zil klubda qoladigan bo'ldi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, "Arsenal" 45 million evro bermoqchi, biroq futbolchining o'zi London klubiga o'tishga rozi bo'lmadi. Oldinroq 24 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining dastlabki ikki turida almashtirilganidan norozi edi.