O'zFHM "So'g'diyona" – "Dinamo" uchrashuvidagi ehtimoliy penalti bo'yicha izoh berdi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2025, 18:20
Championat.asia sayti "So'g'diyona" – "Dinamo" uchrashuvidagi bahsli epizod yuzasidan O'zbekiston futbol hakamlari markaziga murojaat qildi.

Markaz "Dinamo" himoyachisi Oleksandr Kucherenko va "So'g'diyona" yarim himoyachisi Shohruh Abdurahmonov to'qnashuvi bo'yicha quyidagicha izoh berdi: 

"So'g'diyona" – "Dinamo" uchrashuvining 90+6 daqiqasidagi vaziyat buyicha hakamlar ekspertlari xulosasi shundan iborat bo'ldiki, ushbu vaziyat og'ir, o'ziga xos vaziyat va ko'p muhokama bo'lishiga sabab bo'ldi.

Hakamlar instruktorlari tomonidan yil boshidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida berilgan tavsiyalarga asosan ushbu vaziyatdagi kabi yakkakurashlar saviyasini oshirish va ko'proq o'ynashga berish tavsiya etilganligini inobatga olib, bunday 11 metrlik jarima zarbalarini belgilamaslik tavsiya etilgan".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia