O'zbekistonning 9 o'yinlik g'alabali seriyasi barham topdi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2016, 01:22
JCH-2018 saralashi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Eronga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

Shu tariqa, O'zbekistonning rasmiy o'yinlardagi 9 o'yinlik g'alabali seriyasi yakunlandi. Terma jamoamiz so'nggi bor rasmiy o'yinda 2015 yil 16 iyun sanasida KXDRga yutqazib qo'ygan edi - 2:4. Shundan so'ng 9ta rasmiy uchrashuv o'tkazgan jamoamiz 9ta g'alabaga erishgan edi.

O'zbekiston 11 oktyabr kuni Toshkentda Xitoyga qarshi o'ynaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia